Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Emomali Rahmon Rog‘un GESini qurgan quruvchilarga davlat mukofotlarini topshirdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rog‘un GESi quruvchilariga davlat mukofotlarini topshirdi.

Taqdirlash marosimi oldidan davlat rahbari barcha ishtirokchilarni muhim tarixiy voqea - Rog‘un gidroelektrstansiyasining ikkinchi agregati ishga tushirilishi bilan tabrikladi.

Emomali Rahmon turli kasbga ega bo‘lgan va "o‘n yillik qurilishida" ishtirok etgan 42 nafar xodimni taqdirladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Rog‘un GESi ishchilari va mutaxassislari "II darajali Sharaf" ordeni, "Xizmati shoista" medallari va Tojikiston Respublikasi faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.

Davlat mukofotini topshirish marosimida ushbu ob’yekt qurilishida ishtirok etgan barcha rang va darajadagi xodimlar - ekskavatorchilar, montajchilar, haydovchilar, svarщiklar, burg‘alovchilar, elektriklar, plotniklar, muhandislar va qurilish kompaniyalari rahbarlari qatnashgan.

Tojikiston prezidenti Rog‘un GESi qurilishida har bir insonning hissasi muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Tadbir yakunida Rahmon barcha ishtirokchilarga munosib mehnatlari uchun yana bir bor minnatdorlik bildirgan.