Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Endi tashkilotlar o‘z xodimini pensiyaga chiqishida barcha hujjatlarini tayyorlab beradi

Qonunchilikka muvofiq pensiyaga chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plamini yig‘ish mas’uliyati fuqaro ishlayotgan tashkilot zimmasiga yuklatilgan, deb xabar bermoqda huquqiy axborot kanali.

 Buning uchun:

♦ tashkilot ma’muriyati har yili dekabr oyida shaxsiy varaqchalar va mehnat daftarchalari asosida keyingi yilda ham umumiy, ham imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan xodimlar ro‘yxatini tuzadi;

♦ ro‘yxatga kiritilgan xodimlarga nisbatan tashkilot ma’muriyati pensiya tayinlash uchun hujjatlarni oldindan tayyorlashga kirishadi. Zarur bo‘lganda tashkilot ma’muriyati yetishmayotgan hujjatlarni so‘rab olish choralarini ko‘rishi kerak;

♦ tashkilot ma’muriyati to‘plangan barcha hujjatlar asosida pensiya tayinlash uchun taqdimnomani rasmiylashtiradi.

Tashkilot xodimi pensiya yoshiga yetgan kundan kechiktirmay uning pensiya olish huquqiga ega bo‘lganligini bildirishga majbur.

Agarda xodim pensiya tayinlash to‘g‘risida ariza bergan taqdirda tashkilot ma’muriyati mazkur ariza ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida zarur hujjatlarni va taqdimnomani to‘liq rasmiylashtiradi va ariza beruvchini ular bilan (taqdimnomaga imzo qo‘ydirgan holda) tanishtiradi.

Hujjatlar va taqdimnoma tashkilot tomonidan xodimning arizasi bilan birga ariza beruvchining yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi.