Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Favqulodda holatda qanday harakat qilish kerak?

Joriy yilning 21-23 oktyabr kunlari Nurobod tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkaziladi.

Shu o‘rinda qayd etish lozimki, tuman mahalliy sharoitlari, geografik joylashuvi va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘tgan yillar davomida turli qiyin, mas’uliyatli vaziyatlarni boshdan kechirdi.

O‘quv mashqi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish, jabrlangan aholini evakuatsiya qilish, qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha kuch va vositalarni takomillashtirish va muvofiqlashtirishga qaratilgan.

“Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish maqsadida tuman favqulodda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) xizmatlari bilan yig‘in o‘tkazildi.

O‘tkaziladigan o‘quv mashqi mashg‘ulotlarining sifatli va mukammal bajarilishi kelgusi tayyorgarlik darajasi hamda malaka oshirishda muhim ahamiyatga ega.

O.DJUMAYeV,

Nurobod tumani FVB boshlig‘i, katta leytenant.