Bolalar ombudsmani 8-sinf o‘quvchisining farzandli bo‘lgani yuzasidan munosabat bildirdi
- 10.05.2024 16:19
- 730
- Samarqand
Ijtimoiy tarmoqlarda Toyloq tumanidagi maktablaridan birining 8-sinf o‘quvchisi o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida xabar tarqaldi.
Bolalar ombudsmani xabariga ko‘ra, o‘quvchi qizning 2024 yil 6 may kuni shifoxonada ko‘zi yorigan.
«Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lsa-da) Toyloq tumani IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shu bilan birga, bunday toifadagi jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan jabrlanuvchi shaxsiga oid bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish va tarqatish qonunan taqiqlangan hamda bola manfaatlariga zid ekanini eslatib o‘tamiz»,– deyiladi rasmiy xabarda.
Xabarga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa