Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fransiyada chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlardan biri – «Muhammad»

Joriy yilda Fransiyada chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan 20 ismdan biri “Muhammad” bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati Euronews’ga tayanib xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat Fransiyada ilk bor kuzatilmoqda. Bu yerda 2019 yilda tug‘ilgan 2500 bolaga “Muhammad” ismi berilgan. Ayniqsa, kelib chiqishi shimoliy afrikalik bo‘lgan musulmon oilalar to‘ng‘ich o‘g‘liga ana shu ismni qo‘yishni ma’qul ko‘radi.

Bu yil Fransiyada o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan 5 ism quyidagilardir: Gabriel, Rafael, Leo, Luis va Lukas. Qizlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar esa Emma, Jadi, Luiza, Alisa va Kloye bo‘ldi.

Fransiyada XX asrning boshlarida qabul qilingan qonunga ko‘ra, ota-onalar farzandlari uchun davlat tomonidan belgilab berilgan ismlar ro‘yxatidan bir ismni tanlashiga to‘g‘ri kelar edi. Bu qonun 1993 yildagina yengillatildi.