Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fransiyaning 22-prezidenti Jak Shirak vafot etdi

Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak 87 yoshida olamdan o‘tdi. “Frans-Press” nashrining bildirishicha, bu haqda uning kuyovi Fredrik Salya xabar bergan.

Sobiq prezidentning vafoti yuzasidan Fransiyada 30 sentyabr kuni milliy motam kuni deb e’lon qilindi. XX asrning eng ko‘zga ko‘ringan siyosatchilaridan biri 26 sentyabr kuni Parijda vafot etdi.

Jak Shirak Parijda tug‘ilgan. U siyosiy tadqiqotlar institutida va ma’muriyat milliy maktabida tahsil olgan. Aljirdagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan.

1995 yilda Jak Shirak prezident etib saylangan. 2002 yilda qayta saylangan prezidentga suiqasd uyushtirilgan. 2007 yilgi saylovlarda Jak Shirak ishtirok etmagan.

Fransiyaning sobiq prezidenti Parijdagi Monparnas qabristoniga dafn qilinadi.