Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Futbolchi darvoza to‘sinini boshi bilan sindirib qo‘ydi

Bu 1980 yilda Ruminiyaning Timishoar shahrida mahalliy «Politexnika» va Braziliyaning «Atletika» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ro‘y berdi.

Braziliyalik hujumchilardan biri maydon egalari jarima maydoniga katta tezlikda yorib kirdi va rumin darvozaboni bilan yuzma-yuz chiqdi. «Politexnika» darvozaboni jon holatda braziliyalik o‘yinchi oyog‘iga tashlandi. U esa boshi bilan borib darvoza to‘siniga urildi. Zarbga dosh berolmagan shtanga to‘sini belidan cho‘rt sinib ketdi. Hakam «jabr ko‘rgan» to‘sinni tiklash uchun o‘yinni 20 daqiqaga to‘xtatdi. Braziliyalik o‘yinchi esa hech narsa bo‘lmagandek o‘yinni davom ettirdi.

T.MUROD tayyorladi.