Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

FVB: Kombaynlar o‘rim-yig‘imga shaymi?

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari “G‘alla-2020” o‘rim-yig‘im mavsumiga jalb etiladigan kombaynlarning texnik sozligi, uchqun ushlagich va yong‘in o‘chirish kabi birlamchi vositalar bilan jihozlanganligi hamda kombaynlarning yong‘in xavfsizligi holatini o‘rganmoqda.

Samarqand, Jomboy, Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlarida  o‘tkazilgan shunday tadbirlarda mutasaddilar va kombayn operatorlariga zarur tavsiyalar berildi.