Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

G‘olib «Dinamo» Qarshida “botqoq”qa botdimi?

Hatto Agamurodovning iltijosi ham unga yordam berolmadimi?

Ilgari xabar berganimizdek, Samarqandning «Dinamo» jamoasi bugun Qarshi shahrida «Nasaf» jamoasiga hayot-mamot jangi uchun maydonga tushdi.

Uchrashuvda futbolchilarimiz matonat ko‘rsatib, 2:1 hisobida qarshiliklar ustidan g‘alaba qozondi. Ammo bu natija klubning Superligada jon saqlab qolishiga yordam bermadi.

«Dinamo» futbolchilari A.Safarov (55-daqiqa) hamda  O.Hakimovning (74-daqiqa) goliga raqib futbolchisi A.G‘aniyev (77-daqiqa) javob berdi. 

Asosiy raqibimiz - M.Muhammadiyev bosh murabbiyligidagi «Buxoro» jamoasi ham o‘z maydonida Olmaliq shahrining AGMK jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Superligadagi joyini saqlab qoldi.

Dastlab, buxoroliklar darvozasiga AGMKning gruziyalik legioneri E.Grigalashvili gol kiritgan bo‘lsa, mezbonlardan M.Bobojonov hamda B.Shodmonov (90+1 daqiqada penaltidan so‘ng kiritilgach, 2:1) kiritgan gollar jamoaga g‘alaba keltirdi.

Shubhali penalti… Uni qayta kurib chiqish lozimga o‘xshaydi.

Shunday qilib, «Dinamo» mo‘’jiza ro‘y berib, Superligada qolmasa, bilmadim, kelgusi yili futbolni faqat televizor orqali tomosha qilishimizga to‘g‘ri keladi.

Dil MUROD.