Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Harbiy xizmatchilar va talaba-yoshlar sport turlari bo‘yicha mahoratlarini namoyish etmoqda

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Universitet hiyoboni bo‘ylab o‘tkazilgan marafonda 3 ming nafardan ziyod harbiylar, talaba-yoshlar qatnashdi.

Viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Markaziy harbiy okrug hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada marrani birinchi bo‘lib Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchisi Ilhom Nazarov 8 daqiqada va SamDU talabasi, pastdarg‘omlik Kamola Ablayeva 13 daqiqada bosib o‘tdi.

Marafonda “Eng yosh ishtirokchi”, “Eng mahoratli ishtirokchi”, “Eng iqtidorli ishtirokchi”, “Eng yoshi ulug‘ marafonchi”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun”, “Eng faol ayol marafonchi” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Shuningdek, samarqandlik sportchilarning  armreystling, shaxmat, stol tennisi, kurash, o‘zbek jang san’ati, badminton, qilichbozlik, kamondan o‘q otish kabi sport turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv sport-texnika klublarining ko‘rgazmalari namoyish etilmoqda.

Husan ELTOYeV.