Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokim mahallaga, mahalla raisi yig‘inga hisobot beradi

Tuman va shahar hokimlari mahallalarga hisobot beradimi? Mahalla raisi-chi?

A.QODIROV,

Nurobod tumani.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasi hamda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan tuman (shahar) hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda hokimiyat tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlari fuqarolar yig‘inlari vakillar yig‘ilishiga har chorakda hisobot berib borishi belgilangan.

Mahalla raisi har chorakda fuqarolar yig‘ini vakillari yig‘ilishiga hisobot berib boradi.

***

Fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish uchun fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi qanday?

S.NAMOZOV,

Kattaqo‘rg‘on shahri.

Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda chaqiriladi va o‘tkaziladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar fuqarolar vakillari yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular fuqarolar vakillari tarkibidan chiqariladi.

Vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida o‘n ikki foizini tashkil etishi kerak.

Savollarga viloyat mahallalar kengashi raisining

 birinchi o‘rinbosari Badriddin NASRIYeV javob berdi.