Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Oqdaryoda fuqarolarni qabul qiladi

Joriy yilning 17 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi  Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustam Xatamov fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sayyor qabul o‘tkazadi.

Tumanning Avazali mahallasida tashkil etiladigan ushbu sayyor qabulga soat 10:00 dan 14:00 ga qadar murojaat etishlaringiz mumkin.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.