Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIB xodimlari o‘rtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi

Samarqand viloyati IIB Kutubxonasidagi kompyuterlarda “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi elektron test sinovi shaklida o‘tkazildi.

Unda "Temur tuzuklari" asaridan tayyorlangan 25 ta testni yechish uchun har bir xodimga 12 daqiqa vaqt berildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra 3-o‘rinni viloyat IIB yetakchi yuriskonsulti leytenant X.Sag‘dullayev, 2-o‘rinni Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimi safdor M.Abdusattorovlar qo‘lga kiritdi.

Faxrli 1-o‘rin Toyloq tumani IIB TB tergovchisi kapitan O.Ashurovga nasib etdi va u keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.