Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIV Rossiyaning oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni istaganlar uchun tanlov e’lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalariga 2020/2021 o‘quv yilida o‘qishga yuborish uchun tanlov e’lon qilindi.

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalariga yoshi 18 dan kichik va 25 dan katta bo‘lmagan, jumladan, 25 yoshdagi ham, o‘rta, o‘rta-maxsus yoki kasb-hunar ma’lumotga ega, harbiy xizmatni o‘tagan nomzodlardan iborat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari tanlov asosida o‘qishga yuboriladi.

Hujjatlar 2019 yilning 15 noyabridan 2020 yilning 15 fevraliga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahri hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari kadrlar boshqarmalarida qabul qilinadi.