Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Adirbobo 100 yoshni qarshilash arafasida ovoz berdi

Viloyatimizning chekka hududida joylashgan Qo‘shrabot tumanida ham muhim siyosiy jarayon qizg‘in davom etmoqda. Tumandagi 394-saylov uchastkasi a’zolari keksa, kasalmand va nogironlarning uyiga ko‘chma saylov qutilari bilan bormoqda.

- O‘tgan saylovlarda o‘zim borib ovoz bergandim, - deydi Adirboy bobo Xo‘janov. – Bu safar borolmay qoldim-da, deb o‘tirgandim. Baraka topsin, tashkilotchilar saylov qutisi bilan kelishdi. Uyda o‘tirib, o‘zim istagan nomzodlarga ovoz berdim.