Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Injiniring kompaniyasi “Quruvchilar uchun biznesga aylangan loyiha”ga munosabat bildirdi

“Zarafshon” gazetasining 2019 yil 7 sentyabr, 113-sonida (saytimizda 6 sentyabrda e’lon qilingan) “Quruvchilar uchun biznesga aylangan loyiha” sarlavhali maqola chop etilib, unda Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash va ular atrofini obodonlashtirish borasida belgilangan ishlar sifatsiz va chala bajarilgani bayon etilgandi.

Mazkur maqola yuzasidan Samarqand viloyati hokimligi injiniring kompaniyasi (direktor S.Arziqulov) munosabat bildirdi.

Unda qayd etilishicha, maqola kompaniya xodimlari va sohalar bo‘yicha mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni o‘rganish yuzasidan kompaniya rahbariyati buyrug‘i asosida ishchi guruhi shakllantirildi.

Ishchi guruh ko‘p qavatli uy-joylar ta’mirlanishidagi holatlarni o‘rganib chiqib, natijalar bo‘yicha yakuniy xulosa taqdim etadi.