Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ularga ipoteka kreditlari ajratiladi
Prezidentning “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.
Unga ko‘ra:
- banklarga ipoteka kreditlarini rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ham ajratishga ruxsat etildi. Bunda, ushbu fuqarolarning to‘lov qobiliyati ularning bank kartasidagi aylanmasi, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarini hisobga olish orqali aniqlanadi;
- banklarga dastlabki badal miqdori, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, kreditlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi berildi. Bunda, dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqaro arzonroq kredit olish imkoniga ega;
- qurilish tashkilotlariga ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun 18 oygacha muddatga 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.
- pudrat tashkilotlariga qurilayotgan uy-joylarni qavatma-qavat garovga qo‘yish va har bitta qavat uchun kredit olish huquqi berildi.
(Hozirgi kunga qadar uy tomi yopilganidan keyin uni garovga qo‘yish va kredit olish mumkin edi;)
- banklar o‘z hisobidan beradigan kreditlarini davlat tomonidan qayta moliyalashtirish amaliyotini davom ettiriladi.
Bunda, qurib bitkazilmagan uyni sotib olish uchun fuqaro bankdan 24-26 foizdan kredit oladi va uy bitguniga qadar (1-2 yil davomida) to‘lovlarni ushbu foizdan amalga oshiradi. Uy bitganidan keyin ushbu kredit davlat tomonidan qayta moliyalashtirilib, 18 foizlik kreditga aylanadi.