Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Juftingizni ko‘z rangiga qarab, fe’lini bilib oling

Erkaklarning ko‘z rangiga qarab, ularning fe’l-atvorini tasniflaymiz. Ayollar, juftingiz bilan munosabatda ular sizga asqotib qolishi mumkin.

Och jigar rang ko‘zli erkaklar yoqimtoy bo‘lib, hammaga birdek yoqadi. E’tiborli, kelishgan, o‘yinqaroq, kurashuvchan. Ayollar qalbini ham tezda zabt etishadi. Injiqlaringizga chidaydi, istaklaringizga quloq soladi.

Jigar rang ko‘z sohiblari hayoti aksariyat hollarda o‘ttizdan keyin rang-barang bo‘ladi. Tajriba, yosh ulg‘ayishi ularni o‘zgartiradi. Maqsadi tomon doim intilishlari tahsinga loyiq. Yana juftlarini yagona vafodori deb bilishadi.

Moviy ko‘z egalari doim e’tiborni o‘zlariga jalb etishni istashadi. Siz uning yonida aslo noliy ko‘rmang. Chunki bu ularga yomon ta’sir qiladi. Maqtov, e’tibor bilangina bu toifa erkaklarni o‘zgartirish mumkin.

Ko‘zlari agar kulrang bo‘lsa, bilingki, u kuchli, jur’atli, tashabbuskor. Juftingiz uchun siz doim qiziqarli va hali o‘qib tugatilmagan kitob bo‘lishingiz kerak. Chunki bir xillikdan tez zerikadi-da.

Ko‘k ko‘zli kuchli jins vakillari biroz xavfli, sababi ba’zi-ba’zida yolg‘on gapirib turishadi. Ammo romantikani xush ko‘rishlari, mehribon va soddaligi bilan sizni xushnud etishadi. Barchaning ko‘nglini birdek olishni istashadi. Shuning uchun hadeb uni rashk qilavermasdan, o‘zgacha bo‘lishga intiling.

Yashil ko‘zlilar biroz dangasa bo‘lishadi, siz uni ilhomlantirib, olg‘a undab turishingiz zarur. Jiddiy, ehtiyotkor bu toifa erkaklarning ayollari ularni doim izzat-ikrom qilishlari va puxta bo‘lishlari kerak.

Qora ko‘z sohiblari qiziquvchan va judayam rashkchi bo‘lishadi. Ular bo‘ysindirishni yoqtirishadi. Xato qilsangiz, darrov jazolashlari shundan. Biroq doim sizni himoyasida tutadi, orzularingizni ushaltirish uchun harakat qiladi.