Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kinologlar yordamida 13 ta jinoyat «issiq izidan» fosh etildi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat hududida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni "issiq izidan" fosh etishda xizmat itlari imkoniyatlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.

O‘tgan yil davomida kinolog xodimlar va ularning xizmat itlari 60 marotaba voqea joylariga jalb etilgan bo‘lib, ular yordamida 13 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etilishiga erishilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun: Shulardan 1 ta qotillik, 12 ta o‘g‘irlik jinoyatlaridir.

Hozirgi kunda Kinologiya xizmati va hududiy bo‘linmalarda 80 boshdan ziyod xizmat itlari mavjud bo‘lib, kinolog xodimlar tomonidan “Iz-qidiruv”, “Giyohvand moddalarni qidirib topish”, “Portlovchi moddalar va qurilmalarni qidirib topish”, “Antiterror” va “Qorovul-qo‘riqlash” yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlanib xizmatda foydalanib kelinmoqda.

Mazkur xizmat xodimlari o‘zlarining xizmat itlari bilan so‘ngi o‘n yillikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari kinologiya xizmatlari kinolog xodimlari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Ko‘pkurash” musobaqalarida faxrli birinchi o‘rinni egallab kelishmoqda.