Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Leninni dafn qilmaslik fikri kimdan chiqqandi?

Lenin maqbarasining kelgusi taqdiri haqida Rossiyada yana gap-so‘zlar qo‘zg‘aldi. Tarixiy hujjatlarda proletariat dohiysining o‘limidan keyin jasadni nima qilish kerakligi haqida vasiyati yo‘q.

- Bunday vasiyat bo‘lishi ham mumkin emasdi, - deydi Leninning jiyani Olga Ulyanova xotiralarida. – Ushbu mavzuda oilamizda hech hachon gap bo‘lmagan. Vladimir Ilich hali 53 yoshda edi. O‘limni emas, hayot haqida ko‘p o‘ylardi.

Xo‘sh, unda Leninni Qizil maydonda, maqbarada mumiyolangan holda abadiy saqlash fikri kimdan chiqqan. Ko‘pchilik tarixchilar bu undan keyin rahbarlikni qo‘lga olgan I.V.Stalinning xohish-irodasi edi, deyishadi. Rossiya arxitektorlar uyushmasi taxminiga ko‘ra bunday emas ekan. 1924 yilda Stalin partiyada hali nufuzga ega emasdi va agar shunday masalada fikr bildirsa, bu uning hokimiyat uchun kurashida qimmatga tushardi.

Vladimir Lenin 1924 yil 21 yanvarda uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Moskva guberniyasi Podolsk uyezdi, Gorki qo‘rg‘onida soat 18 dan 50 daqiqa o‘tganida vafot etdi. Uning jasadi tobutda Moskvaning Paveletsk vokzaliga keltirildi. Vidolashuv joyi Soyuzlar uyining kalonna zali bo‘ldi. Dafn komissiyasi shu zahoti jiddiy muammoga to‘qnash keldi. Hududlardan vidolashuvga yetib kelolmagan odamlardan marosimni uzaytirishni so‘rab son-sanoqsiz telegrammalar kela boshladi. Kreml devori yonida o‘sha paytda inqilob uchun janglarda halok bo‘lgan qizil gvardiyachilar dafn etilgan joyga dohiy ham ko‘miladigan bo‘lgandi. U yerda 1919 yildan ispan grippidan vafot etgan Yakov Sverdlov qabri alohida ko‘zga tashlanib turardi.

Leninning jasadini saqlash haqida joylardan kelayotgan takliflarda avval boshda aniq bir fikr yo‘q edi. Tibbiyotchilar amalda nazariy jihatdan buni uddalasa bo‘lishini aytishdi. Shundan keyin bahs-munozara jonlanib qoldi. Dzerjinskiy, Molotov, Krasin, Muralov taklifni ma’qullashdi. Trotskiy, Banch-Bruyevich, Voroshilov qarshi chiqishi, Krupskaya bu masalaga uzil-kesil keyinroq qaytilishini bildirib, jasadni vaqtincha saqlashga ruxsat berdi.

Birinchi yog‘och maqbaraga Lenin jasadini 1924 yil 27 yanvarda joylashtirishdi. O‘sha paytda hech kim olimlarning sa’y-harakatlari natijasida qanday bo‘lishini bilmasdi. O‘n yilmi, yigirma yilmi? Shu bois jasadni abadiy saqlash haqida gap ham bo‘lmagan edi. 1924 yil V.Vorobev va B.Zbarskiy rahbarligidagi labaratoriya partiyaning XIII s’yezdi delegatlari hukmiga o‘zlarining jasadni uzoq vaqt balzamlashtirish mumkinligi haqidagi xulosalarini havola etdi. So‘ngra Ilichni Kominternning 5-kongressi delegatlari ko‘rishga muvaffaq bo‘ldilar. Samara hayratomuz edi – Lenin xuddi tirikdek yotardi.

Vorobev va Zbarskiy muvaffaqiyati granitdan Mavzoley-maqbara qurishga turtki bo‘ldi. U 1930 yil qurildi. Lenin jasadini yerga dafn etish haqida keyingi vaqtlarda tez-tez gapiriladigan bo‘lib qoldi. Ammo fikr-mulohazalar, takliflarda yakdillik yo‘q. Bir tomon jasadni dafn qilish kerak desa, boshqa tomon «Biz Leninni mavzoleydan chiqarish kabi ekstremistik g‘oyani taklif qilmaymiz, mayli qancha xohlasa, shuncha yotaversin... Ammo! Ertami kechmi, albatta jasad ko‘chiriladi. Leninning o‘zi uni Peterburgdagi Volkovsk qabristoniga, onasi yoniga dafn etishni vasiyat qilgan. Bunga bir necha safdoshlari - Krupskaya va Bonch-Bruyevichning guvohligi bor”, deydi.

Xullas, Lenin maqbarasining kelgusi taqdiri nima bo‘lishini hali hech kim bilmaydi.

 

“AiF” (2020 yil, 40-son) asosida T.ShOMURODOV tayyorladi.