Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Marhum o‘z qotili bilan internetda tanishgani aniqlandi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 25 yoshli samarqandlik Shokir X. o‘zining qotili bilan internetdagi «Vkontakte» ijtimoiy tarmog‘ida tanishgan.

Marhumning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u o‘ldirilgan kechada jinsiy aloqa qilinganlik alomatlari aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yilning 12 sentyabr kuni soat 11.00 da Shokir X. yashagan ko‘p qavatli uyda yashovchi ayol qon izlarini ko‘rgan va bu haqda Shokir X. ijarada yashagan xonadon egasiga ma’lum qilgan.

Xonadon egasi esa Shokir X.ning o‘lik holdagi jasadini ko‘rib, darhol 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib qotillik haqida xabar bergan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida qotillikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.

Qotillikda ayblanib, Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz 28 yoshli Odiljon Abdulxay o‘g‘li ushlangan.

Surishtiruv davrida Odiljon Shokir X. bilan internet orqali tanishgani va 11 sentyabr kuni uchrashishga kelishganini aytgan.

Shu kuni soat 21.30 da u jabrlanuvchining uyiga kelgan.

O‘zaro kelishmovchilik tufayli Odiljon marhumni qo‘l va bo‘yin qismiga suvenir pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Toshkent shahar IIBB o‘z xabarida ushbu jinoyatni ochishda yordam bergan taksi haydovchisiga minnatdorchilik bildirgan.