Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni kimlarga beriladi?

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi Farmoni bilan ta’sis etilgan «Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:

- jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani;

- tanti va olijanob xalqimizning buyuk tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini, milliy an’analarini munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat va himmat kabi yuksak fazilatlarni ulug‘lab kelayotgani;

- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgani;

- xayriya va saxovat mablag‘larini to‘g‘ri va xolis yo‘naltirish, qiyin ahvolga tushgan aholiga o‘z vaqtida beminnat ko‘mak berishdagi tashabbuskorligi;

- bugungi murakkab va og‘ir sharoitda jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, birlik va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlashdagi faolligi;

- beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka alohida o‘rnak bo‘lgani uchun mukofotlanadi.

«Mehr-saxovat» ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.