Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Metall shar o‘g‘rilari ushlandi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 6:45 da Navoiy viloyati IIB transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi Uchquduq temir yo‘l bekatida xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida 1990 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida yashovchi I.U. va 1988 yilda tug‘ilgan M.U. Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Shimoliy kon boshqarmasining GMZ-3 zavodiga kelayotgan yuk poyezdi tarkibida bo‘lgan yuk vagonidan, har birining og‘irligi taxminan 5 kilogramm bo‘lgan, jami 134 dona metall sharlarni noqonuniy ravishda olayotgan vaqtida aniqlanib ushlangan hamda xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.