Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mol-mulk ijara to‘lovining eng kam stavkalari qancha?

O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilangan.

Toshkent shahrida ijaraga beriladigan turar joy umumiy maydonining 1 kvadrat metri uchun oylik ijara to‘lovining eng kam stavkasi 12000 so‘m etib belgilangan. Bu stavka Nukus shahri va viloyat markazlaridagi shaharlar uchun 7500 so‘m, boshqa aholi punktlariga 3500 so‘mni tashkil etadi.

Toshkent shahridagi noturar joy umumiy maydonining 1 kvadrat metri uchun oylik ijara to‘lovining eng kam stavkasi 25000 so‘mni tashkil qiladi. Mazkur stavka Nukus va viloyat markazlari uchun 15000 so‘m, boshqa aholi punktlari uchun 6500 so‘m sifatida belgilanganini ta’kidlash joiz.

1 ta yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositasi) oylik ijara to‘lovining eng kam miqdori barcha hududlar uchun bir xil – 500000 so‘mni tashkil etadi. Mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari uchun mazkur stavka 1000000 so‘m etib belgilanganini qayd etish lozim.

Umid ALIMOV,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xodimi.