Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpayda yangi uylar o‘z egalariga topshirildi

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, Narpay tumani markazida uchta to‘rt qavatli uy qurildi va yangi bunyod etilgan ushbu ko‘rkam binodagi 72 ta xonadon o‘z egalariga topshirildi.

2018 yil 24 noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qad rostlagan ushbu ko‘p qavatli uylar Navoiy viloyatining “Tolib Karmana” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Narpay samstroy” xususiy korxonasi, “Zarafshon” ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish korxonalari tomonidan qurildi.

Tuman hokimligi, tuman jamoatchiligi vakillari ishtirokida yangi xonadonlarni o‘z egalariga topshirish munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda xonadon kalitlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

- Zamonaviy hamda shinam uylarga ega bo‘lgan fuqarolarning quvonchi cheksiz, - deydi Hilola Bektamisheva. - Biz kabi kam ta’minlangan fuqarolarga e’tibor qaratilayotganligi uchun Prezidentimiz, viloyat va tumanimiz rahbarlariga ming rahmat!