Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda bog‘chalar soni bittaga oshdi. Yil oxirigacha yana 21 ta MTT faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Nurobod tumani markazidan olisda joylashgan O‘rtabuz mahallasida 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Jami 25 nafar mutaxassis va tarbiyachilar faoliyat olib boradigan bog‘chada 160 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Qayd etilishicha, bugun tumandagi 13 ming 888 nafar 3-7 yoshli bolalardan 2450 nafari, 17,6 foizi 60 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.

Yil oxiriga qadar investitsiya dasturi asosida 495 o‘rinli yana 4 ta davlat bog‘chalari ishga tushiriladi. Shuningdek, 2 ta 135 o‘rinli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi, 15 ta 375 o‘rinli oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, 2020-2022 yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash dasturiga asosan 2020 yilda Xalqobod, Tutli, Kechkeldik, Oltinsoy, Buloqboshi, Ag‘ron mahallalari hududida 600 o‘rinli, 2021 yilda Sarikul, Mehnatkash, Do‘stlik, Qo‘rg‘oncha, Jarquduq, Nurdum mahallalari hududida 600 o‘rinli, 2022 yilda Saroy, Sazag‘on, Tepaqul, Omondara, Tegirmonboshi, Girdiqo‘rg‘on mahallalari hududida 600 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishi rejalashtirilgan.

Qolaversa, 2023 yilga qadar 6 ta davlat-xususiy sherikchilik asosida, 40 ta oilaviy MTTlar faoliyatini tashkil qilish hamda 6 yoshli bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul tayyorlash bo‘yicha guruhlar tashkil etish orqali qamrovni 99 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.