Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodda DXM yangi binosi foydalanishga topshirildi

Vatanimiz mustaqilligining 28 yillik bayrami arafasida Nurobod tumani davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 8 maydagi  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi xalq qabulxonalari huzuridagi davlat xizmatlari markazlari binolarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan buyond etilgan binoda aholiga tezkor va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Markazda onlayn navbat olish, 120 dan ortiq davlat xizmatlari haqida ma’lumot beruvchi QR tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Yangi binoda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi, investor xonasi, notarius arxivi xonalari, FHDYo bo‘limi ham joylashtirildi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida tibbiyot xonasi, kutubxona va bolalar burchaklari ham tashkil etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon Nurobod tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 25 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Endilikda yangi binoda xizmatlar soni va sifati ham oshishi shubhasiz.

DXA Samarqand viloyati boshqarmasi

matbuot xizmati.