Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida samarqandliklar muammolari o‘rganildi (video)

Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akmal Shukurov va boshqa mas’ul rahbarlar fuqarolarning murojaatlariga javob berishdi.

“Ochiq muloqot”da fuqarolar tomonidan Samarqand shahridagi qurilish ishlari, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardagi kamchiliklar, gaz ta’minotidagi muammolar haqida savollar berildi. Soha mutaxassislari fuqarolar murojaatlariga javob berishdi.