Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Yangi yil bayrami munosabati bilan chegirma e’lon qildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Yangi yil bayrami munosabati bilan 2019 yil 31 dekabrdan 2020 yil 2 yanvargacha respublika bo‘yicha qatnovlarda 30 %dan 50 %gacha chegirmalar o‘rnatilgani haqida e’lon qildi.

Chegirmalar quyidagi qatnovlarga ishlab chiqildi:

✔ individual yo‘lovchilar uchun – 30 %;

✔ sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va oliy o‘quv yurtlari talabalari, kollej va maktab o‘quvchilari, O‘zR IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun – 40 %;

✔ oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50 %;

✔ nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun – 50 %;

✔ 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50 %;

✔ Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolaruchun – 50 %.

Aviachiptalarni barcha kassalarda chegirmalarni olish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.

Chegirmalar chet elliklarga ham taqdim etiladi.