Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistondan Koreyaga kirib keluvchi fuqarolarga nisbatan karantin choralari kuchaytirildi

Janubiy Koreya Hukumati O‘zbekistondan mamlakatga kirib borayotganlar uchun karantin choralarini kuchaytirdi. Bu haqda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi ma’lum qildi. Tartibga ko‘ra:

➖ tana harorati 37,3 daraja etib belgilandi (avval 37,5 edi);

➖kasallik alomatlari bor shaxsning hamrohi ham aeroportdagi maxsus karantin hududida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi;

➖ kasallik alomatlari yo‘q shaxslar vaqtinchalik karantinni o‘tash joyida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi;

➖tekshiruv musbat natijaga ega bo‘lsa, kasalxona yoki davolash muassasasiga jo‘natiladi;

➖tekshiruv manfiy natijaga ega bo‘lsa, qisqa muddatli vizaga ega fuqarolar maxsus karantin hududiga, uzoq muddatli vizaga ega fuqarolar (turar joyining karantin sharoitiga muvofiqligi tekshirilgandan so‘ng) karantinni o‘tash uchun turar joylariga jo‘natiladi.