Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariq tumani markaziga kirish-chiqish va harakatlanish vaqtincha cheklandi

Tumanda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida bugun epidemik vaziyat noxush bo‘lgan Ilg‘or, Yangi hayot, Xo‘ja Ismoil, Go‘zal va Kattasaydov, Alisher Navoiy, Farovon va Mustaqillik mahallalari orqali tuman markaziga kiruvchi yo‘llar, Chelak shahri markaziga Bunyodkor, Ahmad Yassaviy, Toshhovuz, Mirzo Ulug‘bek, G‘oyib ota, Xo‘jaobod, Qumchuq mahallalari orqali olib kiruvchi barcha yo‘llar beton to‘siq bilan to‘sildi.

Karantinga olingan mahallalar hududidagi asosiy va ichki yo‘llarda kirish-chiqish kuchaytirilgan tartibda nazoratga olindi.

Zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmang!