Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pul haqida qiziqarli faktlar

  Pulga e’tiborsiz insonni uchratish juda qiyin. Ayrim insonlar uni sevadi, boshqalari esa undan nafratlanadi va barcha muammolarda pulni ayblaydi. Biz bu qarashlarning ikkalasining ham tarafdori bo‘lmasdan, pulga real hayotimizning qiziqarli unsuri sifatida qarashga harakat qilib ko‘rdik.

  So‘zning etimologiyasi (kelib chiqishi)

  “Tanga”  (money – lot.) tushunchasi bizlarga Qadimiy Rimdan kirib kelgan. Rim ma’budasi Yunona, lotinchadan tarjima qilinganda “ogohlantiruvchi” yoki “maslahatchi” ma’nosini beradigan, Money – tanga vakolatiga ega bo‘lgan.  Aynan ushbu ma’buda ibodatxonasi yonida metall pul tayyorlaydigan ustaxonalar mavjud bo‘lgan. Mazkur ustaxonalar mahsulotini tanga – money deb atashgan, ingliz tilida “money” so‘zidan pulning umumiy nomi hosil bo‘lgan – money.

  Irim sirim va ishoralar

  Insoniyat asrlar osha o‘z holatini pul bilan bog‘lab kelgan. Insonning qancha puli ko‘p bo‘lsa u o‘z kelajagidagi yorqin hayotga shuncha ko‘p ishongan. Xalq orasida pul bilan bog‘liq irim-sirimlar ko‘plab uchraydi, har millatning o‘zini irimlari mavjud. Masalan, Rus xalqlari orasida bahorda qushlarni ilk sayrashini savdogarlar cho‘ntagida tanga bilan tinglashgan. Cho‘ntakda tanga bilan qushlar sayrashini tinglash yilni omadli kelishidan darak bergan, moboda qush sayragan vaqtda cho‘ntakda tanga bo‘lmasa yil omadsizlik va ziyon ko‘rish bilan o‘tadi deb hisoblangan. 

  Noyob shakldagi pullar

Dastlab pul vazifasini qimmatbaho mahsulotlar bajargan: marjonlar, yungli jonivorlar terisi, qimmatbaho chig‘anoqlar, qimmatbaho metalldan tayyorlangan buyumlar, qo‘y va tuyalar. Hozirgi kunda ham ayrim mamlakatlar ba’zida noyob shakldagi pullarni muomilaga kiritib turadi.

ТОП-10 удивительных фактов о деньгах

Yaqinda Somali banki piramida, yumaloq, to‘rtburchak, silindr shaklidagi hajmli tangalarni muomalaga chiqardi. Beninda nasha bargi shaklidagi pullar muomalaga chiqarildi. Raundda bo‘lsa maymun aks ettirilgan uch hajmli tangalar chiqarildi.

Eng katta tangalar

Kanada Banki “Chinor bargi” deb nomlangan 100 kilolik oltindan yasalgan ulkan tanga chiqardi. Bunday tangadan atiga besh dona chiqarildi. “Bil Fil” nomli 31 kilolik tangani Avstriyada chiqarishdi, ular 15 dona edi.

XXIX Olimpiada o‘yinlariga atab Xitoyda o‘n kilolik oltin tanga chiqarildi. 1727 yilda Rossiyada “rubl – plata” deb nomlanuvchi og‘irligi 1638 gramm keladigan Rossiyaning eng yirik tangasi chiqarilgan.

  Qog‘oz pul

Qog‘ozli pulni dastlab taxminan 1000 yil ilgari, qog‘ozning vatani - Xitoyda kashf qilishgan, keng ommaga bo‘lsa ikki asrdan so‘ng tarqala boshlagan.

Ulardan foydalanish mis sim va tangalardan ko‘ra ancha qulay edi. Qog‘ozdan tayyorlangan pul keyinroq Yaponiyada paydo bo‘ldi. Yevropaga qog‘oz pullar 1574 yilda kirib keldi, ispanlar tomonidan qamal qilingandan so‘ng, Leyden shahri hukumati oddiy tangalar tanqisligi sababli qog‘oz pulni muomalaga kiritdi. Keyinchalik qog‘oz pullar butun Yevropaga, undan keyin  butun dunyoga tarqaldi.

  Buyumlarga nom bergan pullar

Pul nomlari yangi so‘zlarga nom bergan. Masalan, Venetsiyada yangiliklar nashr qilingan qog‘ozchalar chiqarilardi, ularning narxi bir tanga edi – o‘sha bir tanga pul birligining nomi “gazeta” edi. Keyinchalik bir gazetaga sotib olinadigan yangiliklar nashr qilingan qog‘ozchani o‘zi gazeta deb atala boshladi.

Pulni qadrsizlanishi

Pul qiymati har doim qimmatbaho metall narxi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, chunki oltin va kumush narxi doimo oshib boradi deb hisoblangan. Biroq Amerika kashf qilingandan so‘ng Yevropaga arzon kumush oqib kela boshladi va bu holat kumush pul qiymatini qadrsizlantirib yubordi. Shuningdek pul infilyasiya davrida, Davlat o‘z xarajatlarini qoplash uchun hech narsa bilan (oltin) ta’minlanmagan pul bosib chiqarishni yoki asossiz kreditlar berganda qadrsizlanadi.

Numizmatika

Kolleksiya yig‘ishning nufuzli turi: qog‘oz pul va tanga yig‘ish. XIX asrga kelib ommalashdi, ungacha ham alohida insonlar bunday faoliyat bilan shug‘ullanishgan. Xozirgi kunda bu mashhur xobbi turlaridan biri hisoblanadi va ba’zida biznesning bir turi  bo‘lishi ham mumkin. Noyob tangalar kim oshdi savdolarida aql bovar qilmas pulga sotiladi. Numizmatikaning oddiyroq turi – oddiy tangalar yig‘ish bilan barcha shug‘ullanishi mumkin, hatto maktab o‘quvchisi ham.

Elektron pullar Keng ma’noda elektron pullar – bu bank hisob raqamlarida harakatlanib yuruvchi naqdsiz pullar va ular uzoq vaqtdan beri mavjud. Internetni rivojlanishi va plastik kartochkalarini muomalaga kiritilishidan so‘ng ular 90 – yillarda oddiy odamlar hayotiga kirib kela boshladi. Dastlab odamlar elektron pullarga ishonqiramasdan qarashdi, biroq hozirgi kunda ularsiz do‘konlar va internet do‘konlardan xarid qilishni tasavvur qilish qiyin.

Qalbaki pullar

Har doim va har joyda qalbaki pul bilan shug‘ullanuvchilarni eng qattiq jazo kutgan, biroq bu holat jinoyatchilarni hech qachon to‘xtatib qololmagan.  Arxeologlar tomonidan Yunonistonning Egina orolidan topilgan eng qadimiy soxta tangalar miloddan avvalgi VI asrga tegishli: ular kumush tangalar o‘rniga ustidan kumush bilan qoplangan mis tangalar yasashgan.

Tanga chekkalarini qirib hajmini kamaytirish ham qalbaki pul ishlab chiqarish bilan tenglashtirilgan, bunday jinoyat bilan kurash oqibatida tangalar chekkasidagi chiziqchalar (tishchalar) paydo bo‘lgan. Pul – bu jahon tarixining, insoniyat tarixining bir qismidir. Demak, har bir inson tarixining bir bo‘lagidir.

Bekzod Musurmonov tayyorladi.