Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Putin Rossiyadagi musulmonlarni Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi musulmonlarni Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi, musulmon tashkilotlarining mamlakatda millatlararo va dinlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shayotgan hissasini qayd etdi. Bu haqda yakshanba kuni Kreml veb-saytida e’lon qilindi.

Qurbon-bayrami (Id al-Adxa) – islom olamidagi ikki katta bayramning biri, bayram haj amali bilan tugallanadi. Bu bayram Ramazon bayramidan 70 kundan keyin nishonlanadi. An’anaga ko‘ra, har bir musulmon bayramda qo‘y, sigir yoki biror uy hayvonini qurbonlik qilish uchun olib kelishi kerak. Bu yil Id al-Adxa bayrami 11 avgustda nishonlanadi.

“Rossiyadagi musulmonlarni Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Rossiyalik musulmonlar otalari va bobolarining boy madaniy va ma’naviy merosini qadrlashlari, yosh avlodga ajdodlarining tarixi, urf-odatlarini hurmat qilishni o‘rgatishlari quvonarlidir”, - dedi Putin o‘z tabrigida.