Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qashqadaryolik aka-ukalar mehmonga borib, mezbonni pichoqlab ketishdi

2019 yil 11 avgust kuni soat 16:30 larda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani Qumqishloq MFYda yashovchi 24 yoshli Sh.X. va birga yashovchi akasi 29 yoshli F.X.lar O‘rtaqo‘rg‘on MFYda yashovchi 23 yoshli  M.T.ning uyida mehmonda bo‘lgan. O‘zaro janjal tufayli F.X., uy egasi M.T.ni ushlab turgan Sh.X. esa uning ko‘krak va chap oyoq son qismlariga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada M.T. kasalxonaga yotqizilib, aka-ukalar qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.