Qaynota kelinini urib, tan jarohati yetkazdi

Joriy yilning 10 iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z uyida 1986 yilda tug‘ilgan kelini bilan janjallashib qoladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, tortishuvdan boshlangan janjal mushtlashuvga aylanib, qaynota kelinni urgan va unga tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 avgust kuni Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.