Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘iz va Tavaron mahallasi aholisiga 2500 ta jo‘ja tarqatildi

Kattaqo‘rg‘on tumani aholi turmush darajasini ko‘tarish, ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish  maqsadida olib borilayotgan ishlar ko‘lami ortmoqda. Jumladan, Qirg‘iz va Tavaron mahallalarida aholini yetti xazinaning biri bo‘lmish tovuq parvarishiga jalb etish ishlari boshlab yuborildi.

- Aslini olganda hamqishloqlarimiz qoramol, qo‘y, echki, tovuq parvarish qilishda yetarli tajribaga ega, - deydi tuman hokimining o‘rinbosari Qilichbek Xudoyberdiyev. – Shunday bo‘lishiga qaramay, ularga broyler jo‘jalarini parvarishlab, daromad olish sirlari o‘rgatilmoqda.

Ayni paytda "Fayz Fish and Chickens" MChJ rahbari Anvar Samatov tomonidan aholiga 13 kunlik 2500 dona jo‘ja don va dori-darmoni bilan yetkazib berildi. Bu ish davom ettirilib, tuman bo‘yicha 500 oilaga yana 50 ming jo‘ja yetkazib beriladi.

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati.