Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qobuldagi to‘yda yuz bergan portlash sababli qurbon bo‘lganlar soni 63 kishiga yetdi

Shanba kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi to‘yda yuz bergan portlash sababli qurbon bo‘lganlar soni 63 kishiga yetgan, jabrlanganlar soni esa 182 kishini tashkil etmoqda. Bu haqida Reuters mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga asosan xabar tarqatdi.

Avvalroq, Afg‘oniston TOLOnews agentligi 40 kishining o‘lgani va 100 kishi yaralanganligi haqida xabar bergan edi. Agentlikning xabariga qaraganda, to‘y o‘tayotgan binoda portlash vaqtida o‘nlab odamlar bo‘lgan. Odatda bu mamlakatdagi to‘ylarda 400 nafar atrofida mehmonlar ishtirok etadi.

Reuters xabarida qayd etilishicha, Tolibon harakati hujumga aloqador emasligini ma’lum qilgan.

Bir oz avval Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Tvitterdagi sahifasida bu harakatni qoralashini ma’lum qilgan va halok bo‘lganlar oila a’zolariga o‘z hamdardligini bildirgan.

N. Toshpo‘latova, O‘zA.