Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘qonda er-xotin o‘ldirilib, farzandining og‘zi “skotch”lab ketilgan

Qo‘qon shahrining Jasorat ko‘chasida 6 yanvar kuni soat 10:20 larda 41 yoshli F.X va uning 41 yoshli turmush o‘rtog‘i S.Y.ning jasadlari o‘zlarining yashash xonadoni yotoqxonasida, qotillik alomatlari bilan topildi. Ularning farzandi og‘zi “skotch”lab ketilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etganlik uchun 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.