Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda narx-navoni kim nazorat qiladi?

Avvalgi kuni telegram kanalimizda Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan tayyorlangan, “Koronavirus vasvasasi Qo‘shrabot bozorlariga ta’sir o‘tkazolmaydi” tagxati bilan tuman bozorlaridagi narx-navoning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan videolavha e’lon qilgandik.

Bugun esa @zarafshonbot manzilimizga tumanning Zarmitan qo‘rg‘onida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushdi:

“Bizda bozorlarda kartoshka 4-5 ming bo‘lib ketdi. Unni-ku aytmasa ham bo‘ladi... Oddiy 1000 so‘mga ham arzimaydigan niqoblar dorixonada 3500 so‘mdan sotilyapti. Bularni kim nazorat qiladi?”.