Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘iston “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromidan Rossiyani chiqarishni rejalashtirayapti

Qozog‘istonda kelgusida “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromini Rossiyaga ijaraga bermay Qozog‘istonning o‘zi ishlatishni rejalashtirayapti. Bu haqda Qozog‘iston harbiy mudofa va aerokosmik sanoat vazirining o‘rinbosari Marat Nurgojin gapirgan, deb xabar berayapti mk.ru.

"Qozog‘iston hozirgi vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. Bu rejamizni Roskosmosga avvalroq bildirganmiz va ular bilan bu mavzuni muhokama qilganmiz.

Bu ish oson bo‘lmaydi. Bu uchun hali Roskosmos bilan yana bir necha bor muzokaralar o‘tkazamiz", degan Nurgojin.

Rossiya ancha yillardan beri  “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromi va undagi shaharchani ijaraga olib ishlatayapti. Shaharcha aholisining 60 foizi Qozog‘iston, 40 foizi Rossiya fuqarolaridir.

Eslatib o‘tamiz, 1991 yilda SSSR tarqab ketishi ortidan mamlakatdagi yagona kosmodrom Qozog‘iston hududida qoldi. O‘sha paytlarda Rossiyada Uzoq Sharqda, Tinch Okeanida yangi kosmodrom qurish rejalashtirildi. Ammo, bu reja amalga oshmadi. Sababi, o‘sha paytda Qozog‘iston bilan “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromini ijaraga olish shartlari kelishildi. Rossiyalik mutaxassislar “Boyqo‘ng‘ir”da ish boshlashdi va Tinch okeanida qurilishi lozim bo‘lgan yangi Kosmodrom reja holida qolib ketdi. Agar, Qozog‘iston kelajakda “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromini o‘zi ishlatadigan bo‘lsa, balki Rossiya uchun Tinch okeanida yangi kosmodrom qurish yana dolzarb bo‘lib kun tartibiga chiqar.