Rossiya–Xitoy do‘stligining yangi ramzi: Si Szinpin Putinga bir juft panda sovg‘a qildi

Davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘lib turgan Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bir juft panda sovg‘a qildi.
Voqea kecha chorshanba kuni ikki prezidentning qayta rekonstruksiya qilingan Moskva hayvonot bog‘iga qilgan tashrifi chog‘ida sodir bo‘lgan. Xitoy rahbari shu yerda o‘zi bilan olib kelgan Dindin va Jui laqabli pandalarni Putinga sovg‘a qilgan.
Eslatib o‘tamiz, panda bu Xitoy ramzi hisoblanadi va Xitoyda ushbu yoqimtoy hayvon qonun bilan qattiq muhofaza qilinadi.
Hayvonot bog‘iga tashrifdan avval Kremlda har ikki davlat rahbarlari va delegatsiyalari o‘rtasida ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi. Kelishuvlarda umumiy 25 ta savdo iqtisodiy bitimlar imzolangan.
O‘tgan yil har ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ilk marta 100 milliard dollardan oshdi.
Endi Xitoy rahbari 6-7 iyun kunlari Sankt–Peterburgda o‘tkaziladigan xalqaro forumda qatnashadi.