Samarqand qaysi maktabi bilan maqtana oladi?
- 27.09.2020 12:42
- 1450
- Dolzarb

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 38-umumta’lim maktabi bitiruvchilarining barchasi talabalik baxtiga musharraf bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu maktabni 2019-2020 o‘quv yilida 101 nafar o‘quvchi tamomlagan. Bitiruvchilarning barchasi oliygohlarda o‘qish istagida hujjat topshirgan va barchasi oliygoh talabasiga aylangan.
E’tiroflisi, maktab bitiruvchilarining aksariyati jahonning 20 dan ortiq eng nufuzli oliygohlariga talabalikka qabul qilingan. Qolaversa, talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan bitiruvchilarning ko‘pchiligi yuqori ball to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Bu kabi xabarlar kishini quvontiradi, albatta. Ammo beixtiyor Samarqand viloyati ta’lim tizimi haqida ham o‘ylashga undaydi kishini.
Xo‘sh, viloyatda bu borada qaysi maktablarimiz bilan maqtana olamiz? Samarqandda eng yuqori ko‘rsatkichni olgan maktablar qaysi? Bu boradagi ma’lumotlar e’lon qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sabrni turmush o‘rtog‘imdan o‘rgandim
- 28 daqiqa avval
- Mutolaa
Aksiya: “Suv - hayot demakdir!”
- 2 soat avval
- Samarqand
Har kuni o‘rtacha 6 kishi yo‘lda vafot etyapti
- 3 soat avval
- Dolzarb
Vatani yo‘q odam hech kimi yo‘q odamdir
- Bugun, 14:32
- Mutolaa
Oila muhiti jamiyatning kayfiyati mezoni
- Kecha, 19:39
- Jamiyat