Samarqand shahrida ikkita bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi

Samarqand shahrining Zarafshon va Chilustun mahallalaridagi 7- hamda 14-maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi.

Zamon talablari darajasida barpo etilgan 7-MTT binosi 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unga 2 milliard 595 million 348 ming so‘m mablag‘ sarflandi.

Chilustun mahallasidagi 14-MTT esa 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda 3 milliard 991 million 100 ming so‘mlik ishlar bajarildi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.