Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida velomarafon bo‘lib o‘tdi

Bugun erta tongdanoq Samarqand shahrida Yoshlar kuni munosabati bilan velomarafon tashkil etildi. Start Registon maydonidan boshlanib, universitet xiyobonini aylanib, drama teatri oldigacha bo‘ldi.

Ushbu velomarafonda 3000 dan ortiq ko‘ngilli yoshlar to‘rt kilometr masofani bosib o‘tishdi.

     Velomarafon yakuniga ko‘ra Davlat Akramov “Eng yosh velomarafonchi” (o‘smirlar o‘rtasida), Muxlisa Saqulova “Eng yosh velomarafonchi” (qizlar o‘rtasida), Izzatullo Hamraqulov “Eng yoshi ulug‘ velomarafonchi”, Olim Ashurov “Eng yoshi ulug‘ velomarafonchi”, Zuxriddin Ishnazarov “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” (erkaklar o‘rtasida), Gulchehra Abdurahmonova “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” (ayollar o‘rtasida) nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lishdi hamda tashkilotchilarning qimmat baho sovg‘alari bilan taqdirlandi.