Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari jadal davom etmoqda

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari izchil davom etyapti. Ushbu muhim jarayon census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn tarzda amalga oshirilayotgani aholi uchun katta qulaylik yaratmoqda.

Fuqarolarimiz ushbu jarayonda faol ishtirok etmoqda. Xususan, Nurobod tumanining Jom, Jomboy tumanidagi Saroy, Paxtachi tumanidagi Quvondiq hamda Bulung‘ur tumanidagi Beshqo‘ton mahallalarida aholini xatlovga olish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tizimi orqali ma’lumotlarni tez va aniq kiritish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu o‘z navbatida statistik ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Mazkur tadbir kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.