Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida “Yosh saylovchi-2019” yoshlar forumi o‘tkazildi

Joriy yilning 28 noyabr kuni Samarqand shahridagi yoshlar markazida “Yosh saylovchi-2019” yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiya rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etdi. Unda viloyat saylov komissiyasi raisi Salohiddin Nuriyev saylov qonunchiligi va joriy yilgi saylovlarni o‘tkazish borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yoshlarga ma’lumot berdi.

Ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, “Saylov kelajak” mavzusida munozaralar tashkil etdi hamda ularga saylov va saylov jarayonlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Forum savol-javob shaklida o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan yoshlar mas’ullarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etdi.

Tadbir yakunida tuman va shahardan kelgan yoshlar uchun Samarqand shahridagi tarixiy obidalarga sayohat tashkil etildi.

Forumda faol ishtirok etgan yoshlar taqdirlandi.

Sarvinoz TURSUNOVA,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali matbuot xizmati xodimi.