“Samarqand shahridagi qadimiy obidalar, tarixiy joylarni asrab-avaylash - farzandlik burchimiz”

18 oktyabr – Samarqand shahri kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi yoshlar markazida o‘tkazilgan tadbir shunday ataldi.

Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, “Ovozi Samarqand” gazetasi, viloyat kasaba uyushmalari birlashgan tashkiloti kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur onlayn davra suhbatida ko‘hna kentdagi tarixiy obidalar, tabarruk qadamjolarni asrab-avaylash va bu boradagi boy ma’naviy merosimizni yoshlar ongiga yanada kengroq singdirish haqida gap bordi.

Yoshlar Samarqandning osori-atiqalarini asrash bo‘yicha takliflarini bildirishdi, o‘z o‘rinda tashkilotchilar ularni bu borada faollikka chaqirdi.

F.Abdumo‘minov.