Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SAMARQAND STARTAP INKUBATOR MARKAZI NAVBATDAGI TANLOVINI E’LON QILADI

Samarqand shahridagi kasb-hunarga o`qitish markazida  Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) va Keimyung College Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Samarqand startap inkubator markazi startap g`oyalar tanlovini e’lon qiladi.

 Tanlovda ishtirok eting va quyidagi xizmatlarimizdan foydalalanish imkoniyatini qo`lga kiriting.

1. Eng so`ngi jihozlar bilan jihozlangan ofis bilan taminlaymiz.

2. Sizning loyihangizni rivojlantirish bo`yicha tadbirlarni amalga oshiramiz.

3. Inkubator markazining hamkorlari tarmog'iga kirishingizga ko`maklashamiz.

4. Inkubator markazining ta’lim dasturlarini taqdim etamiz.

5. Turli davlat va nodavlat tanlovlarda, yarmarkalarda ishtirok etishga ko’maklashamiz.

6. Eng ilg`or investorlarni sizning loyihangizga jalb etishda ko`maklashamiz.

         Tanlovda ishtirok etmoqchimisiz; Unda biz bilan bo`g`laning, joylar chegaralangan.

 Arizalar 2020-yil 10-martgacha qabul qilinadi. Loyiha taqdimoti 14-20-mart kunlari o`tkaziladi.

Arizani www.samstartup.uz sayti orqali yoki startap inkubator markaziga kelib, inkubator xodimlari yordamida rasmiylashtirishingiz mumkin.

  Manzil: Samarqand shahri, Spitamen shoxko`chasi, 264 а uy.

  Murojaat uchun telefonlar: (99866) 221-73-62,

 Mo`ljal:  SamDU Pedagogika fakulteti.

 Telegram: t.me/samstartup

Web Sayt: www.samstartup.uz,     www.ssic.uz

Е-mail:  [email protected]