Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand xalqaro aeroportida 2 ta charter reys orqali 497 nafar yurtdoshimiz kutib olindi

Bugun, 22 sentyabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida Rossiya davlatining Sankt-Peterburg va Moskva shaharlaridan uchib kelgan 497 nafar yurtdoshlarimiz 2 ta charter reys orqali kutib olindi.

O‘zbekistonga keluvchi yo‘lovchilarning parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda faqat PZR (polimer zanjirli reaksiya) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatichga ega ma’lumotnomalarni taqdim etishlari hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida (qizil hududdan kelganlar uchun) 14 kunlik uy yoki mehmonxonalarda o‘zini-o‘zi yakkalashlari talab etildi.

«Samarqand xalqaro aeroporti» matbuot xizmatining xabar berishicha, yo‘lovchilar anketa ma’lumotlarida keltirilgan yashash joylariga ko‘ra, o‘z manzillariga kuzatib qo‘yildi.