Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda eng ko‘p sigir qayerda boqiladi?

Joriy yil 1 oktyabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatdagi sigirlarning umumiy bosh soni 684,8 mingga yetdi.

Bu 2019 yilning shu davri bilan solishtirilganda barcha toifadagi xo‘jaliklarda sigirlar bosh soni 1,8 ming bosh (0,3 foiz)ga ko‘paygan. 

2020 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, sigirlarning bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami sigirlarning 95,6 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelmoqda. 

Tumanlar kesimida oladigan bo‘lsak, eng ko‘p sigirlar Urgutda 81, Past Darg‘omda 77,6, Kattaqo‘rg‘onda 59,5, Payariqda 57,2, Ishtixonda 56,2, Bulung‘urda 53, Toyloqda 48,3, Jomboyda 46, Narpayda 42,8, Qo‘shrabotda 34,8, Paxtachida 37,1, Nurobodda 31,3, Oqdaryoda 29,9, Samarqandda 18,7, Kattaqo‘rg‘on shahrida 4,1, Samarqand shahrida 3,5 ming bosh sigir boqilmoqda.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.